Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

KXDR Janubiy Koreya bilan birlashishni rasman rad etdi

KXDR Janubiy Koreya bilan birlashishni rasman rad etdi

Shimoliy Koreya mamlakatning yangi konstitusiyasida Janubiy Koreya rasman “dushman davlat” sifatida belgilanishini tasdiqladi. Bu haqda bugun, 17 oktyabr kuni Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yaqinda KXDRni Janubiy Koreya bilan bog‘lab turgan avtomobil va temir yo‘llarning shimoliy qismlari vayron qilingani Janubiy Koreyani “dushman davlat sifatida aniq belgilab beruvchi KXDR konstitusiyasi talablariga muvofiq ko‘rilgan muqarrar va qonuniy chora” bo‘lgan. Shunday qilib, Shimoliy Koreya Seul bilan birlashish g‘oyasidan rasman voz kechdi.

Kiritildi: 22:10 17.10.2024. O'qildi: 628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!