Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiyaning Shimoliy Koreyadan harbiy xizmatchilarni jalb qilgani haqida hisobot berdi.
Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 27—28-oktabr kunlari Shimoliy Koreyaning birinchi harbiylari Rossiya tomonidan jangovar hududlarda qo‘llaniladi.
Zelenskiy G‘arbni bunga «ko‘zlarini yumib, chalkash izohlar bilan» emas, balki Moskva va Pxenyanga «aniq bosim» bilan javob berishga chaqirdi.