Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Kurtua terma jamoaga qaytishdan bosh tortdi

Kurtua terma jamoaga qaytishdan bosh tortdi

Ispaniyaning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasiga qaytishni istamadi.

Bu haqda "The Times" yozmoqda.

Xabar qilinishicha, 32 yoshli Kurtuaga terma jamoaga qaytish taklif qilingan, biroq u rad javobini bergan va bosh murabbiy Domeniko Tedesko bilan mojaro tufayli terma jamoada o‘ynamasligini aytgan.

Avvalroq Belgiya futbol federasiyasi bu holatdan xavotir bildirgan va Tedeskoning terma jamoadagi kelajagi yomon natijalar – so‘nggi beshta o‘yinda to‘rtta mag‘lubiyat va bir durang tufayli shubha ostiga olingandi.

Kiritildi: 19:22 16.12.2024. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!