Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Ko‘p qavatli uyning tayanch devori bir qismi olib tashlangani aniqlandi

A A A
Ko‘p qavatli uyning tayanch devori bir qismi olib tashlangani aniqlandi

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Markaz-14” mavzesida joylashgan 17-uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) rahbari “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonunga asosan mulkdorlarning rozilik bayonnomasini rasmiylashtirgan holda ushbu uyning yerto‘la qismidagi issiq va sovuq suv quvurlarini almashtirish hamda yerto‘lani sanitar holatga keltirish sharti bilan fuqaroga berilgan.

Biroq boshqaruv tashkilotining e’tiborsizligi hamda fuqaroning o‘zboshimcha harakatlari bilan tegishli normativ hujjatlarga zid ravishda tegishli tashkilotlarning ruxsatini olmasdan turib, yerto‘laning ichki qismida qazish ishlari olib borilgan va quvurlarni almashtirish jarayonida tayanch devorning bir qismi olib tashlangan.

Mazkur holat yuzasidan qoida buzilish holatini amalga oshirgan fuqarodan tushuntirish xati olindi va inshootni avvalgi holatiga keltirish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. Belgilangan muddatda yerto‘la soz holatga keltirilib, devorning bir qismi loyihada nazarda tutilgan holatga qaytarilmasa, ularga nisbatan o‘rnatilgan tartibda MJtKning tegishli moddasiga asosan ma’muriy choralar ko‘riladi.

Kiritildi: 18:06 19.09.2023. O'qildi: 1362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!