Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Kun.uz» va «Xabar.uz» saytlari ishlamay qoldi. «O‘zbektelekom» bunga aloqadorligini rad etdi

A A A
«Kun.uz» va «Xabar.uz» saytlari ishlamay qoldi. «O‘zbektelekom» bunga aloqadorligini rad etdi

Ham o‘zbekistonlik, ham chet ellik foydalanuvchilar saytlarga kira olmayapti. Ikki sayt ham bitta xosting maydonchada joylashgan.

Saytlar tahririyatlari Telegram-kanallarda yangiliklar chop etishda davom etmoqda. «Kun.uz» vakillarining xabar qilishicha, saytga DNS’dagi muammolar tufayli kirib bo‘lmayapti.

«Xabar.uz», o‘z navbatida, muammo «O‘zbektelekom» DNS-serverlari yoki kommutatorlari bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Ammo «O‘zbektelekom» milliy telekom-operatori bu ikki saytdagi muammolarga aloqadorligini rad etdi.

«Bu axborot tekshirilmagan bo‘lib, yolg‘on xarakteriga ega, negaki ko‘rsatilgan saytlarga ‘O‘zbektelekom’ DNS-serverlarida xizmat ko‘rsatilmaydi», — deyiladi operator bayonotida.

«Xabar.uz» ayni paytda «Xabaruz.com» domenida ishlab turibdi.

Manba: daryo.uz

 

Kiritildi: 20:59 22.06.2018. O'qildi: 2255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!