Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Ko‘krak bezi saratonidan halok bo‘layotganlar soni ko‘payib bormoqda

A A A
Ko‘krak bezi saratonidan halok bo‘layotganlar soni ko‘payib bormoqda

Tibbiyot xodimlarining fikricha, Buyuk Britaniyada hozirgi kunga kelib ko‘plab ayollar ko‘krak bezi saratoni kasalligidan aziyat chekmoqda. Agar ahvol shunday davom etadigan bo‘lsa, 2022 yilga kelib qurbon bo‘layotganlar soni bundan ham oshishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Angliyaning Milliy sog‘liqni saqlash xizmati tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar kasallikni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmayapti, deyiladi “Ko‘krak bezi saratoni” xayriya tashkilotining bergan hisobotida. 

Shuningdek “Hukumat minglab inson hayotini saqlab qolish uchun hozirdanoq harakat qilishi kerak. Sarflanayotgan mablag‘larni oqilona yo‘naltirish va Milliy sog‘liqni saqlash xizmati hududlar orasida yaxshi va yomon turmush sharoitlarini o‘rganish va ularni yaxshilash orqali vazitni o‘nglashi kerak”, deyiladi hisobotda. 

“Ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanganlarning o‘lim hollari ko‘payib bormoqda, lekin uni to‘xtatish uchun hali kech emas”, deydi xayriya jamg‘armasi rahbari Baronessa Delyor Morgan. “Ammo bu juda katta mablag‘ talab etadi”. 

Saraton tufayli Britaniyada har yili 11,000 dan ortiq oila parchalanib ketmoqda. 

Ko‘krak bezi saratoni bilan bog‘liq o‘limlar 1989 yildan buyon davom etmoqda va bugungi kunda ushbu kasallik tufayli har yili 11,5 ming kishi hayotdan ko‘z yummoqda, deyarli 55 mingga yaqin ayolga yana shunday tashxis qo‘yilgan. 

Angliyaning Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining 2018 yil iyun oyida bergan ma’lumotlariga ko‘ra, har 100 ming kishidan 48 tasi ko‘krak bezi saratonidan halok bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmasidan ushbu holat uchun izoh berishlari talab etilmoqda.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 17:16 28.09.2018. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!