Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Kuchli yomg‘ir sabab Parkentdagi So‘qoq qishlog‘ini suv bosdi

Kuchli yomg‘ir sabab Parkentdagi So‘qoq qishlog‘ini suv bosdi

Holat yuzasidan hokimlik rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ida 13 aprel kuni kuchli sel kelgani haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimlik rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 13 aprel kuni qisqa muddatda yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ining Chashma mahallasida sel oqimlari yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ining Chashma mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi suv yo‘liga kuchli yog‘ingarchilik oqibatida oqib kelgan suv sig‘may, mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqgan.

Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar tomonidan mazkur holat yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borilgan va o‘rganish natijasida hech qanday talofatlar yuzaga kelmaganligi aniqlangan.

Kiritildi: 05:39 15.04.2024. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!