Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.-Ph.” MCHJ sotuvchisi M.O. fuqaro R.M.ga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor reseptisiz sotgan vaqtida ushlanib, undan 13 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.X. fuqaro X.Q.ga 250 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qiziriq tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.SH. fuqaro M.X.ga shifokor reseptisiz kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Q.D.” MCHJ dorixonasi farmasevti SH.A.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda 20 kapsula va 7 ampulada psixotrop dori vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:11 16.05.2025. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!