Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Agar qattiq shamol bo‘lsa, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar.
(Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman).