AQShning Alyaska shtatida ko‘chki oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi bedarak yo‘qoldi.
Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ikki bola va ularning ota-onalari halok bo‘lgan.
Qutqaruvchilar shu oiladagi 12 yoshli bolakay va ularning 65 yoshli qo‘shnisini qidirishda davom etmoqda.
Qayd etilishicha, Alyaska janubi-sharqida ko‘chki sodir bo‘lgan. Ikki ming aholisi bo‘lgan baliqchilar qishlog‘iga tepalikdan oqim tushdi.