Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ko‘chki 27 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Ko‘chki 27 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasidagi ko‘chkilar oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

"Bizning kuchlarimiz bedarak yo‘qolganlarni qidirish va ko‘chkilar oqibatida zarar ko‘rgan yo‘llarni tozalashga qaratilgan", — dedi agentlikka Favqulodda vaziyatlar milliy agentligi vakili.

Qayd etilishicha, viloyatdagi ko‘chkilarga kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan.

Tabiiy ofat oqibatida turar-joy binolari, masjidlar va sholizorlar zarar ko‘rgan.

2024 yil oxirigacha Indoneziyada ekstremal ob-havo sharoiti kutilmoqda, chunki La-Nina iqlim fenomeni tufayli arxipelag bo‘ylab yog‘ingarchilik ko‘payadi, deya ogohlantirdi Osiyo mamlakati Meteorologiya, iqlimshunoslik va geofizika agentligi.

Kiritildi: Bugun 12:26. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!