Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kubalik 40 yoshli Erislandi Lara 22 oylik tanaffusdan so‘ng nokautli g‘alaba bilan qaytdi

A A A
Kubalik 40 yoshli Erislandi Lara 22 oylik tanaffusdan so‘ng nokautli g‘alaba bilan qaytdi

O‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni bo‘lgan Ozodlik oroli vakili avstraliyalik Maykl Zerafaga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Lara 30 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat va 3 ta durang qayd etgan. 18 ta jangda raqiblarini nokaut bilan mag‘lub etgan.

O‘rta vazn toifasida yana 3 nafar chempion bor: qozog‘istonlik Janibek Alimxanuli WBO va IBF chempioni, amerikalik Jermall Charlo WBC, dominikanlik Karlos Adames esa vaqtinchalik WBC kamari sohibi.

Kiritildi: 13:20 01.04.2024. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!