Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Kubadagi hozirgi vaziyat nomaqbul, biz bu bilan shug‘ullanamiz"

"Kubadagi hozirgi vaziyat nomaqbul, biz bu bilan shug‘ullanamiz"

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Oq uydagi matbuot anjumanida Kubadagi mavjud vaziyat Vashington uchun qabul qilib bo‘lmasligini aytib, AQSh tez orada bu masalani hal qilishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kubaning hozirgi iqtisodiy tizimi ishlamayapti va mamlakat rahbariyati muammolarni hal qila olmayapti.

"Bizning qirg‘og‘imizdan atigi 140 km uzoqlikda muammoli davlat bor. U bizning raqiblarimiz uchun qulay hududga aylangan. Bu holatni qabul qilib bo‘lmaydi. Biz bu bilan shug‘ullanamiz, lekin hozir emas", — AQSh Davlat departamenti rahbari.

Rubio, shuningdek, AQSh Kuba xalqiga ko‘proq yordam ko‘rsatishni va uni cherkov orqali tarqatishni istashini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!