Xabar berilishicha, Kuba milliy elektr tarmog‘ida blekaut yuzaga kelgan. Bunga AQSh tomonidan joriy etilgan neft blokadasi va orolning allaqachon eskirgan elektr tizimi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Qo‘shma Shtatlar yanvar oyida Kubaning eng muhim xorijiy hamkori bo‘lgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olganidan keyin uzoq vaqtdan beri dushman bo‘lgan Kubaga bosimni kuchaytirdi.
Kuba inqirozni yumshatish umidida Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar boshlaganini ma’lum qilgan. Tramp so‘nggi haftalarda “Kuba qulash arafasida” ekanligini va Vashington bilan kelishuvga erishishga tayyor ekanligini aytgandi.