Kuba hukumati AQSh tomonidan orolga neft yetkazib berishning bloklab qo‘yilishi natijasida mamlakatning shusiz ham zaiflashgan sog‘liqni saqlash tizimi tanazzul yoqasiga kelib qolganini ma’lum qilmoqda.
Oroldagi tibbiyot tizimi iqtisodiyot bilan birgalikda anchadan beri doimiy inqiroz holatida edi: tibbiy materiallar, xodimlar va dori-darmon yetishmovchiligi allaqachon odatiy holga aylangan.
Biroq, hozirgi vaziyat kritik nuqtaga yetdi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, tez yordam mashinalari favqulodda vaziyatlarga chiqish uchun yoqilg‘i topishga qiynalmoqda, elektr energiyasidagi doimiy uzilishlar esa shifoxonalar ishini yanada yomonlashtirgan.
Blokada boshida mamlakat tayanayotgan hayotiy muhim yuklarni yetkazib beruvchi aviareyslar ham to‘xtab qoldi. Bunga Gavananing Kuba aeroportlaridan uchib ketuvchi samolyotlarni yoqilg‘i bilan ta’minlay olmayotgani sabab bo‘lmoqda.
Ekspert va tahlilchilar blokada Kubani gumanitar inqirozga uloqtirayotganidan ogohlantirib, dunyo yetakchilarini tinch aholini himoya qilish uchun chora ko‘rishga chaqirmoqda.