Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Kuba parlamenti 175 banddan iborat tarixiy islohotlar paketini ma’qulladi — Reuters

Kuba parlamenti 175 banddan iborat tarixiy islohotlar paketini ma’qulladi — Reuters


Agentlik manbalariga ko‘ra, Kuba Milliy assambleyasi mamlakat sosialistik iqtisodiyotining salmoqli qismini xususiylashtirishni nazarda tutuvchi islohotlar paketini bir ovozdan qabul qildi.

Qayd etilishicha, hujjatni hukmron Kommunistik partiya va mamlakatning sobiq yetakchisi Raul Kastro ham qo‘llab-quvvatlagan. Agar ushbu chora-tadbirlar e’lon qilingan shaklda amalga oshirilsa, bu Kuba modelining 1959 yilgi inqilobdan keyingi eng yirik o‘zgarishi va bozor iqtisodiyotiga burilish bo‘ladi.

"Islohot Kubada xususiy ko‘chmas mulk qurilishiga yo‘l ochadi, davlat korxonalarini aksiya va ulushlarga ega bo‘lgan xususiy tijorat kompaniyalariga aylantirish imkonini beradi, shuningdek, uzoq vaqt davomida davlat monopoliyasi bo‘lib kelgan moliya sektoriga xususiy banklarni kiritadi. Hujjat, shuningdek, davlat mulkini Kuba va xorijlik yuridik hamda jismoniy shaxslarga, jumladan, chet elda yashayotgan kubaliklarga sotishga ruxsat beradi", deyiladi Reuters xabarida.

"Bu yerda dunyoning eng qudratli davlati tomonidan tarixdagi eng uzoq davom etgan blokadani boshdan kechirgan sosialistik qurilish jarayonini qanday davom ettirish kerakligi haqidagi dilemma muhokama qilinmoqda. Biz sosializmdan voz kechmayapmiz", — degan mamlakat prezidenti Migel Dias Kanel ovoz berishdan avval.

Reuters'ning qayd etishicha, Kuba iqtisodiyotini liberallashtirish bo‘yicha taklif etilgan ushbu choralarning aksariyati mamlakat ichida va tashqarisida uzoq yillar davomida muhokama qilib kelingan, biroq aynan Vashingtonning qattiq bosimi ularni yana birinchi planga olib chiqqan.

Kiritildi: 20:53 20.06.2026. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!