Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Kroos murabbiylik kurslariga yozildi

A A A
Kroos murabbiylik kurslariga yozildi

Toni Kroos murabbiylik kursiga yozildi.

«Real» klubi va Germaniya milliy jamoasining 34 yoshli sobiq yarimhimoyachisi B toifasini olish uchun UYEFA mashg‘ulotlaridan o‘tadi.

Ushbu kurs — professional jamoalarda kamida 7 yil o‘ynagan va shu sabab C toifasi imtihonini topshirish talab qilinmaydigan o‘yinchilar uchun.

Ta’kidlanishicha, Kroos Madrid klubi orqali o‘qishga yozildi va «Real» mashg‘ulotlarining bir qismida qatnashadi.

Bungacha sobiq futbolchi bolalar akademiyasiga asos solgandi va hozirgacha professional murabbiy bo‘lish rejasini e’lon qilmagandi.

Kiritildi: 23:12 12.10.2024. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!