Bu haqda Myunxen konferensiyasi raisi ma’lum qildi.
"Biz Rossiya hukumatidan biror rasmiy shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazmaganmiz. Ro‘yxatda mavjud bo‘lmagan amaldorlarga konferensiyada qatnashish mumkin emas," — deya aniqlik kiritdi Kristof Xoysgen.
O‘z navbatida, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vashington, Moskva va Kiyev vakillarining Germaniyada uchrashishi haqidagi savolga: "Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha hozircha hech qanday yangilik yo‘q," — deya javob berdi.
Avvalroq Donald Tramp Myunxen konferensiyasida AQSh rasmiylari Rossiya va Ukraina vakillari bilan muzokara o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.