Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

"Kristal Pelas" "Liverpul"ni mag‘lubiyatga uchratib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi

A A A
"Kristal Pelas" "Liverpul"ni mag‘lubiyatga uchratib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Angliya superkubogi uchun kechgan bahsda “Kristal Pelas” klubi “Liverpul”ni yengib, g‘olib bo‘ldi.

Asosiy vaqtda jangovar durang qayd etildi. Mersisaydliklardan debyutantlar Ekitike va Frimpong gol urgan bo‘lsa, londonliklardan Mateta hamda Sarr to‘p kiritishdi.

Reglamentga ko‘ra, qo‘shimcha bo‘limlar o‘tkazilmadi. Penaltilar seriyasida esa “Kristal Pelas” 3:2 hisobida ustun kelib, o‘z tarixida bor mamlakat superkubogini qo‘lga kiritdi.

Angliya superkubogi
“Kristal Pelas” — “Liverpul” 2:2 (pen: 3:2)
Gollar:
Mateta (17, penalti), Sarr (77) — Ekitike (4), Frimpong (21).

Kiritildi: 08:15 11.08.2025. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!