«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar ligasi 2 finalida Yaponiyaning «Gamba Osaka» klubiga qarshi kechgan bahsdagi (0:1) mag‘lubiyatdan so‘ng jamoasini taqdirlash marosimini e’tiborsiz qoldirdi. Uchrashuv «Kingdom Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Final hushtagidan keyin taqdirlash marosimi o‘tkazildi va unda «An-Nasr» futbolchilari hamda murabbiylar shtabi kumush medallar bilan taqdirlandi. Biroq Krishtianu Ronaldu marosimda qatnashmadi. Jamoa sardori taqdirlash boshlanishidan oldin maydonni tark etdi.
Qo‘ldan chiqarilgan ushbu sovrin Ronaldu uchun Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan beri mumkin bo‘lgan 14 ta sovrindan 14-mag‘lubiyatli final bo‘ldi. 2025/2026 mavsumi Saudiya Pro-Ligasi 21 may kuni yakunlanadi. «An-Nasr» jadvalda 1-o‘rinda bormoqda va «Al-Hilol»dan ikki ochko oldinda.