Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi!

Krishtianu Ronaldu dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi!

Saudiyaning “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2024 yilning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari reytingisini boshlab berdi. Bu haqda Sportico xabar berdi

Saudiya klubi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Ronaldu o‘tgan yili 215 million dollar va reklama shartnomalari bo‘yicha yana 45 million dollar olgan.

Ikkinchi o‘rinda "Golden Steyt" safida to‘p surayotgan amerikalik basketbolchi Stefen Karri (153 million dollar), uchinchi o‘rinda britaniyalik bokschi Tayson Fyuri (147 million dollar).

Argentinalik futbolchi Lionel Messi (135 million dollar), amerikalik basketbolchi Lebron Jeyms (133,2 million dollar), braziliyalik futbolchi Neymar (133 million dollar), ukrainalik bokschi Aleksandr Usik (122 million dollar), fransuz futbolchilari Karim Benzema (116 million dollar) va Kilian Mbappe (110 million dollar), shuningdek, ispaniyalik golfchi Jon Ram (105,8 million dollar) eng kuchli o‘ntalikga kirdi.

Kiritildi: 00:35 14.02.2025. O'qildi: 2330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!