Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Kriptovalyutalarning terrorchilik tashkilotlari mablag‘lari tarkibidagi ulushi ortib bormoqda

Kriptovalyutalarning terrorchilik tashkilotlari mablag‘lari tarkibidagi ulushi ortib bormoqda

MDH Aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev Toshkentda o‘tayotgan SHHTning terrorizmga qarshi xalqaro konferensiyasida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, “Islom davlati”* kabi terrorchi guruhlar o‘z faoliyatini asosan noqonuniy manbalar hisobiga moliyalashtiradi. Bu mablag‘lar uglevodorod xom ashyosini va qimmatbaho metallarni sotish, qurol-yarog‘ hamda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi orqali olinadi.

"Yaqin Sharqda yana faollashgan va Afg‘onistonda izchil mustahkamlanib borayotgan yirik terrorchilik guruhlari MDH davlatlariga, ayniqsa Markaziy Osiyo respublikalariga, o‘zlari uchun safarbarlik manbai va keyingi kengayish uchun ustuvor yo‘nalish sifatida qaramoqda", — dedi Sisoyev.

*“Islom davlati” Rossiyada taqiqlangan terrorchilik guruhidir.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!