Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Rossiya 24" telekanali efirida Vladimir Putin va uning rahbarligidagi Rossiya haqiqatda global o‘zgarishlar jarayonini boshqarganini aytdi.
"Dunyoda nimalar bo‘layotganini ko‘ryapsizmi, aslida Rossiya va Rossiyaning boshida turgan Putin global hayotning barcha jabhalarida tektonik o‘zgarishlar, tektonik siljishlar jarayonini boshqargan", — dedi Kreml vakili.
Bundan avval Britaniya tashqi ishlar vaziri David Kemeron Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari nafaqat Yevropa xavfsizligiga, balki AQShga ham tahdid solayotganini aytgan edi.