Respublikachi Donald Tramp ma’muriyati hokimiyatga kelganidan so‘ng, Kremlda AQSh bilan munosabatlardagi muammolarni bartaraf etishga hozircha umid yo‘q.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi «RBK».
Peskovdan BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida faoliyat yuritayotgan Rossiya delegasiyasi uchun viza cheklovlari bilan bog‘liq masalalarni hal etishga Kremlning umidlari bormi, deb so‘rashdi.
«Birinchidan, umidlar haqida gapirishga hali erta. Ikkinchidan: hali hech qanday aloqa yo‘q. Va bu Amerika tomoniga berilishi mumkin bo‘lgan yagona savol emas. Bezovta qiluvchi masalalar kun tartibi shu qadar kengki, hozirda bir masalani ustuvor deb belgilash noto‘g‘ri bo‘ladi», — dedi Peskov.
Shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibidan Kreml Trampning yangi ma’muriyati shakllanishini qanday baholagani haqida ham so‘ralgan va u bu rasmiylarning asosiy ustuvorligi emas, deb javob bergan. «Biz albatta kuzatyapmiz. Ishoning, bu bizning asosiy e’tiborimizda emas. Hozir biror narsa haqida gapirishga erta», dedi u.