Bugun 30 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Kremlda Yevropaning "azob-uqubatlari" haqida ma’lumot berishdi

Kremlda Yevropaning "azob-uqubatlari" haqida ma’lumot berishdi

Seshanba kuni prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropaning Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli "azob chekayotgani" haqida bayon qildi.

Uning ta’kidlashicha, G‘arb Ukrainaga bostirib kirishga javoban kiritgan cheklov choralari "ikki tomonlama kesadigan qurol" bo‘lib, "tobora ko‘proq odamlar buni tushunib yetmoqda". "Evropaliklar bu sanksiyalardan aziyat chekmoqda. Biz ularni xalqaro huquqqa zid bo‘lgan noqonuniy cheklovlar deb atashda davom etmoqdamiz", - deya Peskovning so‘zlarini "Interfaks" keltirmoqda.

Bundan oldin Yevropa diplomatlari sanksiyalarni uzaytirishga kelishib olishgandi. Bu qaror Vengriya - Yevropa Ittifoqining Rossiya nefti va gazini urushdan oldingi hajmda sotib olishni davom ettirayotgan so‘nggi davlatlardan biri - o‘z vetosini olib tashlaganidan keyin qabul qilindi. Muzokaralar davomida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainadan 1 yanvarda to‘xtatilgan Rossiya gazi tranzitini qayta tiklashni talab qilgan edi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml Vengriya atrofidagi vaziyatni "diqqat bilan kuzatib bormoqda". CREA ma’lumotlariga ko‘ra, Vengriya har oyda Rossiya energiya tashuvchilarini xarid qilish uchun taxminan 350 million yevro sarflaydi. "Vengriya sanksiyalarni uzaytirish uchun ma’lum shartlarni ilgari surdi va bu shartlar aslida Kiyev rejimi egallagan pozisiyaga bog‘liq edi. Chamasi, Vengriya Bryusseldan muzokaralar jarayoni qayta boshlanishi haqida qandaydir kafolatlar olgan," - dedi Peskov.

Kiritildi: 21:24 28.01.2025. O'qildi: 1689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!