AQSh ma’muriyati yangi saylangan prezident Donald Trampning Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish rejasini barbod qilishga urinmoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Tramp saylovoldi kampaniyasi paytida qandaydir tarzda tinchlikni ta’minlash va barcha tomonlarni tinch yo‘lga olib chiqish niyatida ekanligini aytgan edi. Ular esa vaziyatni shunchalik keskinlashtirishga urinmoqdalarki, bu tinchlik shartlari allaqachon muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi,» - dedi u jurnalist Pavel Zarubinga bergan suhbatida.
Peskov, shuningdek, Buyuk Britaniya Kiyevga Rossiya hududiga raketalari bilan hujum qilish uchun birinchi bo‘lib ruxsat berganini ham inkor etmadi.