Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Kreml Tramp bilan muzokaralarda NATOning sharqiy chegaralariga "chekinish"ni nazarda tutuvchi yangi xavfsizlik kelishuvlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda

Kreml Tramp bilan muzokaralarda NATOning sharqiy chegaralariga "chekinish"ni nazarda tutuvchi yangi xavfsizlik kelishuvlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda

Kreml Tramp bilan muzokaralarda NATOning sharqiy chegaralariga "chekinish"ni nazarda tutuvchi yangi xavfsizlik kelishuvlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda — Financial Times.

Sobiq Kreml rasmiysi va Rossiya prezidenti bilan bu masalani muhokama qilgan shaxsning nashrga ma’lum qilishicha, Putinning har qanday muzokaralardagi asosiy maqsadi yangi xavfsizlik kelishuvlari bo‘ladi. Ushbu kelishuvlar Ukrainaning hech qachon NATOga a’zo bo‘lmasligi va AQSh boshchiligidagi harbiy alyansning ayrim sharqiy joylashuvlaridan voz kechishini kafolatlashi kerak.

"Putin xalqaro tartib qoidalarini o‘zgartirishni, Rossiya uchun tahdidlar bo‘lmasligini ta’minlashni istaydi. U urushdan keyin dunyo qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida qattiq xavotir bildiryapti", — dedi Kremlning sobiq amaldori. "Tramp ham NATOni qisqartirishni xohlaydi. Dunyo o‘zgarmoqda, hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin", — deb qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: Bugun 14:54. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!