Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Kreml Sanduni Moldovaning prezidenti deb tan olmaydi

Kreml Sanduni Moldovaning prezidenti deb tan olmaydi

Mayya Sanduni bu mamlakat prezidenti deb atash mumkin emas, chunki ko‘plab fuqarolar unga ovoz bermagan, gap bo‘lingan jamiyat haqida ketmoqda.

Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat aholisining juda katta qismi ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, Yevropa davlatlarida ishlayotgan Moldova fuqarolaridan farqli o‘laroq, bu saylov natijalariga ta’sir qilmay qolishi mumkin emas: "Bu saylovlar demokratik ham, adolatli ham bo‘lmagan".

Kreml matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Moldovadagi saylovlarga aralashmagan: "Rasmiy Moskva ishonchli ma’lumotlar bilan tasdiqlangan hech qanday ayblovlarni eshitmagan. Moldova muxolifati noqonuniy hujumlar va hibsga olishlarga duchor bo‘lmoqda - bu rasmiy Kishinyovning nodemokratik yo‘lining ko‘rinishidir".

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Dnestrbo‘yi aholisi Moldovaning hozirgi rahbariyatini qo‘llab-quvvatlashga moyil emas.

Kiritildi: 15:41 05.11.2024. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!