Bugun 2 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Kreml Kursk viloyatida Shimoliy Koreya harbiylari haqida nima deydi?

Kreml Kursk viloyatida Shimoliy Koreya harbiylari haqida nima deydi?

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning KXDR askarlarining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtiroki haqidagi savoliga javobsiz qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken KXDR harbiylari Kursk viloyatida bo‘lib, jangga kirishishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

29 oktyabr kuni matbuot kotibi, shuningdek, Rossiyada Shimoliy Koreya harbiylari borligi haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi. U prezidentning bu mavzuda aytgan gaplariga qo‘shimcha qiladigan hech narsa yo‘qligini ta’kidladi. 24 oktyabr kuni Vladimir Putin KXDRdan Rossiyaga harbiylar yuborilganidan dalolat beruvchi suratlar haqidagi savolga javob berdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, suratlar - «jiddiy narsa va agar ular bor bo‘lsa, demak, ular nimanidir aks ettiradi.»


Oktyabr oyida Janubiy Koreya razvedkasi 1500 Shimoliy Koreya askari Uzoq Sharqdagi Rossiya poligonlarida bo‘lganini xabar qilgan edi. Pentagonning ta’kidlashicha, Pxenyan Rossiyaga, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlari bilan 6 avgustdan beri janglar davom etayotgan Kursk viloyatiga 10 mingga yaqin askarini yuborishi mumkin.

Kiritildi: 21:36 01.11.2024. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!