Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Kreml: "Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritib xato qilmoqda"

Kreml: "Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritib xato qilmoqda"

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning davom etishi Moskva pozisiyasiga ta’sir qilishi mumkin, deb adashadi.

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Evropa Ittifoqi va ayrim Yevropa davlatlari, ularning aksariyati Rossiyaga nisbatan ancha dushmanona munosabatda bo‘lishda davom etmoqda. Ular sanksiyalar Rossiya Federasiyasi pozisiyasini qandaydir tarzda o‘zgartiradi, deb yanglishmoqda", - dedi Peskov.

U Yevropa Ittifoqining Rossiya energiya manbalaridan uzoqlashishni tezlashtirish rejalari va kriptovalyutalar, bank sektori va Rossiyaning energetika sektoriga ta’sir ko‘rsatadigan yaqinlashib kelayotgan 19-sanksiya paketi haqida fikr bildirdi.

Uning fikricha, sanksiyalar birinchi navbatda Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga zarar yetkazadi.

Kiritildi: 19:20 17.09.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!