Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Kreml: AQShning iste’foga chiqqan ma’muriyati beparvo qadamlar tashlamoqda

A A A
Kreml: AQShning iste’foga chiqqan ma’muriyati beparvo qadamlar tashlamoqda

AQSh prezidenti Jo Baydenning iste’foga chiqqan ma’muriyati «borgan sari beparvo qadamlar» tashlamoqda va Rossiyaning Ukrainadagi urushi yuzasidan keskinlikni kuchaytirmoqda. Bu haqda Rossiya OAVlariga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, prezident Vladimir Putin «birinchi navbatda Vashingtonda ketayotgan ma’muriyat tomonidan qo‘zg‘atilayotgan misli ko‘rilmagan keskinlashuvga javob berishi kerak».

Kreml vakili, shuningdek, Rossiya yadroviy doktrinasining yangilanishini Ukraina Qurolli kuchlariga uzoq masofali ATACMS raketalarini Rossiyaga chuqur zarbalar berish uchun qo‘llash imkonini bergan G‘arb davlatlari uchun signal deb atash mumkinligini ta’kidladi.

Kiritildi: 07:05 25.11.2024. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!