Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “Sh.A.” MCHJ rahbari SH.B. va “S.I.” xususiy korxonasi rahbari SH.T.bilan o‘zar til biriktirib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 70 000 AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘ini go‘yoki ushbu mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, “A.Q.” MCHJ rahbari K.A va “J.E.” MCHJ rahbari F.M. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun bank filialidan ajratilgan 800 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan “Qishloq qurilish bank” hududiy boshqarmasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.F.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar maishiy texnika va qurilish materiallarini xarid qilish uchun ushbu bank filialidan ajratilgan 546,6 mln so‘m kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:41 17.03.2023. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!