Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

A A A
Kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.G.” MCHJ rahbari SH.S. hududiy tijorat banki filialidan zamonaviy issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 1 mlrd so‘m kredit evaziga issiqxona jihozlarini olib kelmasdan, kredit mablag‘larini “N.M.” MCHJga o‘tkazish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, “B.H.” fermer xo‘jaligi rahbari B.F. chorvachilikni rivojlantirish maqsadida hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga olib kelingan yirik shoxli nasldor chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 900 mln so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:13 09.02.2024. O'qildi: 1224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!