Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Krasnogorsk”ni Parkent, Toshkent va Nurafshon bilan bog‘lovchi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

“Krasnogorsk”ni Parkent, Toshkent va Nurafshon bilan bog‘lovchi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Kecha, 15 apreldan boshlab “Krasnogorsk” qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlari bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Krasnogorsk – So‘qoq – Changi – Parkent”, “Krasnogorsk – Yangibozor – Toshkent” hamda “Krasnogorsk – Yangibozor – Nurafshon” shahriga qatnaydigan, uzoq yillar davomida to‘xtab qolgan avtobus yo‘nalishlari faoliyati qayta tiklangan.

Toshkent viloyati Transport boshqarmasi tomonidan VH-405-sonli “Qiziltog‘ qishlog‘i – Parkent ASHB” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 3 ta harakat jadvallari bilan VH-390-sonli “Nevich mahallasi – Rohat – Qo‘yliq 5-metro bekati (Qiziltog‘ qishlog‘i orqali)” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 7 ta harakat jadvallari bilan hamda VH-416-sonli “Qiziltog‘ qishlog‘i – Nurafshon ASHB” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 1 ta harakat jadvali bilan tashkil etilgan.

Ushbu yo‘nalishlarda faoliyat olib borish vazifasi “Krasnogorsk Avto Xizmat” MCHJga yuklatilgan. Hozirda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor tomonidan har bir yo‘nalishga 4 tadan transport ajratilgan.

Kiritildi: 10:00 16.04.2023. O'qildi: 2481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!