1 fevral oqshomida Donesk viloyatining Kramatorsk shahri markazidagi turar-joy binosiga raketa kelib urilgan va uni butunlay vayron qilgan, deb xabar berdi viloyat ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko.
Voqea joyida qutqaruvchilar, polisiya va kommunal xizmatlar ishlamoqda. Ehtimol, vayron bo‘lgan uy vayronalari ostida odamlar bo‘lishi mumkin, deb yozadi Kirilenko.
Ayni damda otishma natijasida ikki kishi halok bo‘lgani va sakkiz nafar yarador mavjudligi aniqlangan.