Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Kosonsoy tumanida 802 million so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

A A A
Kosonsoy tumanida 802 million so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kosonsoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.Y.” xususiy korxonasi rahbari K.G‘. tumandagi 3,6 gektar zaxiradagi yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, umumiy bahosi 802 mln so‘mlik 41,4 ming kub qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:29 05.01.2023. O'qildi: 1435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!