Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi yosh qizning otasi tomonidan zo‘rlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas’ullari qizning xonadonida bo‘lishdi.
Xonadon egalari bilan muloqot qilib, voqeaning tub mohiyatini o‘rganishdi.
Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlanmaganligi aniqlangan.
Agentlik vakillari qizga yaqindan yordam berish maqsadida uni “Yoshlar daftari” bo‘yicha ro‘yxatga tushirib, ish bilan ta’minlanishiga amaliy yordam ko‘rsatishini, imkoniyati cheklanganini hisobga olgan holda yashash joyini ta’mirlash maqsadida moliyaviy yordam berishni, psixologik trening hamda Agentlik tomonidan tashkil etilgan Qarshi shahridagi “Diplomat” o‘quv markazida bepul ta’lim olish takliflarini berishgan.