Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Kosachyov: Moskva yaqin kunlarda Kiyevga mojaroni hal qilish bo‘yicha memorandum takliflarini taqdim etadi

Kosachyov: Moskva yaqin kunlarda Kiyevga mojaroni hal qilish bo‘yicha memorandum takliflarini taqdim etadi

Moskva yaqin kunlarda Kiyevga Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha o‘z memorandum takliflarini taqdim etadi.

Bu haqda , Rossiya Federasiyalar kengashi raisi o‘rinbosari Konstantin Kosachev ma’lum qildi.

"Ushbu memorandum ustida ish olib borilmoqda, u yakuniy bosqichda... Lekin menimcha, bu bosqichda ular ommaga e’lon qilinishi dargumon. Axir bu muzokara jarayoni va bu juda murakkab, ko‘p jihatdan juda nozik jarayon", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng, Moskva Kiyev bilan bo‘lajak tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandum ustida ishlashga tayyorligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 21:59 24.05.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!