Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammi juda xavfli(mi)?

Koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammi juda xavfli(mi)?

Koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammi aholisi 1 milliarddan ortiq bo‘lgan Hindistonda aniqlanib, hozircha 17 nafar bemor ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat ATABEKOVning ma’lum qilishicha, COVID-19ning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi vaqt o‘tishi bilan yangilanib, atrof-muhitga moslashib bormoqda. Uning yangi shtammlari SARS-CoV-2ning mutasiyaga uchrashi oqibatida paydo bo‘ladi. Ya’ni virus o‘zini saqlab qolish uchun qayta-qayta yangilanishga urinyapti.

Ba’zi tadqiqotchilar SARS-CoV-2ning 5000 tadan 7000 tagacha bo‘lgan mutasiyaga uchragan shakli borligini da’vo qilishadi.
Oramizda “menga virus yuqmaydi”, “men o‘tgan yili kasallanganman”, "endi kasal bo‘lmayman", deb yurganlar yangi, kuchli, odam organizmiga moslashgan shtammlarga yo‘liqishi ehtimoli bor.

Virus mutasiyaga uchragan taqdirda ham, vaksinaning himoyalovchi xususiyati saqlanib qoladi.

Kiritildi: 01:54 30.10.2021. O'qildi: 3425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!