Gollandiyalik olimlar koronavirus infeksiyasi iflos qo‘llar orqali yuqishi mumkinligi aniqladi. Ularning tadqiqotlari natijalari “Eurekalert” nashrida e’lon qilingan.
Virus faolligini o‘rganish Rotterdamdagi Erazmus universiteti tibbiy markazi, Maastrixt universiteti va Gollandiyadagi Xobrecht instituti xodimlari tomonidan olib borilmoqda. Mutaxassislar ichak hujayralari virusni ko‘paytirish uchun qulay muhit ekanligini aniqladi. Ya’ni bemorlardagi ko‘ngil aynish va diareya COVID-19 kasallikligining alomatlaridir.
Yuqoridagi fikrlar mutaxassislarga koronavirusni odamdan odamga nafaqat havo tomchilari orqali, balki iflos qo‘llar orqali yuqishi mumkinligi haqida bahslashishga imkon beradi.
Avvalroq, koronavirusning yangi belgilari qo‘llarda va qorinlarda toshma paydo bo‘lishi haqida Kommunarka shifoxonasining bosh shifokori Denis Protsenko ma’lum qilgan edi.