Bugun 1 aprel, 2020 yil, chorshanba

КИР

Koronavirusni davolash usulini topganini aytgan bloger 3 milliard dollar talab qilmoqda

Koronavirusni davolash usulini topganini aytgan bloger 3 milliard dollar talab qilmoqda

Quvaytlik bloger va jamoat arbobi Salva al-Mutayri koronavirusni davolashda o‘zi ishlab chiqqan uslubi uchun 3,2 milliard dollar talab qildi.

19 fevral chorshanba kuni, bloger qiz Snapchat ijtimoiy tarmog‘ida Kuvaytdagi Xitoy elchixonasiga o‘zining ishlanmalarini olib kelganidan keyin shu talabni e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, bloger Xitoy elchixonasi oldida paydo bo‘lishidan oldin o‘zining YouTube-kanalida koronavirus bilan kurashda davolashni ehtimoliy uslubini topganligi uchun 1 milliard Kuvayt dinorini (3,2 milliard dollardan ko‘proq) o‘zining bank hisobiga o‘tkazib berishni talab qilgan va ushbu videoni joylashtirgan deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Bungacha xitoylik aktyor Jeki Chan koronavirus vaksinasini yaratuvchisiga 1 million yuan (taxminan 142,6 ming dollar) to‘lashga tayyorligini aytgan. Uning fikricha, bunday uslub virusga qarshi dori vositasini tezroq ishlab chiqishga turtki bo‘lishi mumkin.

Quvaytlik bloger ayol Al-Mutayri esa, Jeki Chan tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan odamga 143 000 AQSh dollarlik moliyaviy mukofoti juda arzimagan miqdor ekanligini, ya’ni Jeki Chan filmlaridagi kulgili sahnalari uchun millionlab dollar olayotgan bir paytda uning e’lon qilgan mukofot qiymati arzimasligini tanqid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida koronavirusning yangi turiga oid COVID-2019 kasalligi qayd etildi. Keyinchalik infeksiya boshqa mamlakatlarga tarqaldi.

19 fevral holatiga ko‘ra, Xitoydagi infeksiyadan 74 mingdan ortiq odam kasallangan bo‘lib, vafot yetganlar soni 2 mingdan oshdi. 

16 fevral kuni Xitoy ushbu kasallikka qarshi dori-darmon ishlab chiqarishni boshladi va ertasi kuni esa Xitoy universitetlaridan biri ushbu koronavirus uchun ekspress-test tashkil etilishini e’lon qildi.

Kiritildi: 16:18 19.02.2020. O'qildi: 5624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!