Britan-shved AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti hamkorligida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina ilk bor 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sinovdan o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, bolalarda o‘tkaziladigan sinovlar vaksina samaradorligini aniqlashga yordam beradi. Eksperimentda 300 nafar ko‘ngilli qatnashadi. Ilk sinov jarayonlari fevral oyining o‘zida amalga oshiriladi, deb taxmin qilinmoqda.