Spirtli ichimliklardan koronavirus yoki sovuq ob-havoda yuqadigan shamollash kabi kasalliklarning oldini olish chorasi sifatida foydalanmaslik kerak, chunki bu yurakka qo‘shimcha yuk olib keladi va yomon oqibat bilan tugashi mumkin. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh narkologi Yevgeniy Bryun ma’lum qildi, deb xabar beradi "Interfaks" NTV telekanalidagi Pozdnyakov dasturiga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, alkogolning sovuq qotgan organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri. Narkolog sovuq havoda, gripp yoki koronavirus paytida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish yurak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkinligini tushuntirdi.