Yuqori toifali shifokor, otolaringolog Vladimir Zaysev COVID-19 dan keyin hid bilish qobiliyatini qanday tiklash haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu alomat koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorda abadiy qolishi mumkin.
"Bemor tuzalgach, o‘zini yaxshi his qiladi, yuqori isitma, holsizlik va hid bilish qobiliyaning sustligi esa abadiy qolishi mumkin", — dedi shifokor.
Zaysev hid bilish qobiliyatini yo‘qotishning oldini olish uchun antiseptik hamda gormonal spreylar yordamida burun shilliq qavatining yallig‘lanishini va shishishini yengillashtirishni tavsiya qildi. Bundan tashqari, dengiz tuziga asoslangan oddiy eritma ham samara berishini ta’kidladi.