Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirusdan vafot etgan bemor haqida ma’lumot berildi, u toshkentlik bo‘lgan

Koronavirusdan vafot etgan bemor haqida ma’lumot berildi, u toshkentlik bo‘lgan

Biroz avval O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni bir kunda 16 nafarga ko‘payib, 104 nafarni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.

28 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar ikki nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev bugun vafot etgan bemor haqida ma’lumot berdi.
Sanayevning EFFECT.UZ axborot agentligiga ma’lum qilishicha, olamdan o‘tgan bemor boshqa bir bemor bilan muloqatda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. U o‘tkir nafas yetishmovchiligi va ikki tomonlama pnevmoniya xastaligi natijasida vafot etgan. Aytilishicha, (EFFECT.UZ axborot agentligiga vafot etgan bemorning yoshi ma’lum) fuqaro Toshkent shahrida yashagan.

Bugungi ma’lumotda ko‘rsatilgan 16 bemordan 6 nafari 26 mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olingan, 7 nafari esa 26 mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasidan aniqlangan.
O‘zbekistonda koronavirus ortidan ikki kunda ikki fuqaro vafot etdi. Kecha, 27 mart kuni vafot etgan 72 yoshli onaxon Namangan viloyatida istiqomat qilib, infeksiyasini Turkiyadan qaytgan qizidan yuqtirib olgan. Onaxonni dafn etish marosimida uning biror-bir yaqini ishtirok etmagan.

Kiritildi: 11:25 28.03.2020. O'qildi: 11068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!