Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusdan tuzalib chiqqanlarning tishlari tushayotgani rostmi?

Koronavirusdan tuzalib chiqqanlarning tishlari tushayotgani rostmi?

Koronavirusdan tuzalib chiqqanlar tishlari tushayotganidan shikoyat qildi. Huffington Post nashrining yozishicha, shifokorlar ushbu simptom COVID-19 bilan bog‘liqligini rasman tasdiqlamagan.

Jabrlanganlar tish va milk bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan. Tish tushishidan tashqari, ayrim bemorlar COVID-19’dan so‘ng milk og‘rig‘i paydo bo‘lganini bildirgan. Bunday alomatlar haqida xabar bergan bemorlarning aksariyatida ilgari tish bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan.

Qon tomirlari biologi va Angiogenez fondi tibbiy direktori Uilyam Li koronavirus qon aylanish tizimining ishiga to‘sqinlik qilishini tushuntirdi. «Jag‘ingiz qon tomirlariga juda boy», — degan mutaxassis va u tishlarning ichki qismini to‘ldirib turishini ta’kidlagan. Mutaxassisning fikricha, qon oqimi tishlar tushishi bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.

Uning ta’kidlashicha, tishlari qonsiz tushganini ayrim bemorlarning so‘zlari tasdiqlamoqda. Bu esa unga qon kirish yo‘li to‘sib qo‘yilganidan dalolat beradi. Biologning ogohlantirishicha, qon tomirlarining shikastlanishi COVID-19’dan tiklangandan keyin ham saqlanib qoladi, shu sababli tishlar koronavirus asoratlari yo‘qolgandan keyin ham tushishni boshlashi mumkin.

Nyu-Yorkdagi Jahon sog‘liqni saqlash direktori Erik Chio-Penaning ta’kidlashicha, yangi simptom aniqlangani haqida gapirishga hali erta, chunki hozircha bunga yetarlicha ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 09:28 22.11.2020. O'qildi: 2493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!