Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Koronavirusdan himoyalovchi eng samarali niqoblar ma’lum qilindi

A A A
Koronavirusdan himoyalovchi eng samarali niqoblar ma’lum qilindi

Koronavirusni yuqtirib olishdan N95 respiratorlari, oddiy vositalar ichida esa neylondan tikilgan niqoblar eng yaxshi himoya qiladi. Shimoliy Karolina sog‘liqni saqlash universiteti olimlari shunday xulosaga keldi, deb yozadi «RBK».

Mutaxassislar bir kishida — soqoli bo‘lmagan erkak kishida turli himoya vositalarining samaradorligini sinab ko‘rgan. Universal respiratorlar odamni infeksiyadan deyarli kafolatli himoya qiladi, ularning samaradorligi taxminan 98 foizga teng.

Notibbiy niqoblardan esa ikki qavatli neylon niqob eng yaxshi natija ko‘rsatdi. Uning samaradorligi nomato qavati hamda alyumin simi bor-yo‘qligiga qarab 44,7 foizdan 79 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, niqob bir marta yuvgandan keyin yanada samarali bo‘lgan — uning himoya xususiyatlari oshgan.

Paxtalik matodan yoki poliesterdan qilingan bandana va niqoblar ancha past natijalarni ko‘rsatdi. Hattoki metall simi bo‘lgan uch qavatli paxta niqob, olimlar xulosasiga ko‘ra, ko‘pi bilan 26,5 foizlik himoyani ta’minlay oladi. «Banditlar uslubida» uchburchak qilib taxlangan paxtalik bandana tadqiqotda 50 foiz samara ko‘rsatgan. Bir qavatli poliester niqob o‘rtacha 39,3 foizga himoya qiladi.

«Notibbiy niqoblarning samaradorligi ko‘p hollarda tibbiy niqoblar samaradorligiga deyarli teng yoki undan yuqoriroq», — deya qayd etdi olimlar. Tibbiy niqob odamni 38,5 foizga himoya qiladi.

Shu bilan birga, mutaxassislar ta’kidlashicha, agar tibbiy niqoblar ipi quloq orqasidan tarangroq qilib tortilib o‘tkazilsa, ularning samaradorligi 60,3 foizgacha oshadi.

Kiritildi: 17:08 14.12.2020. O'qildi: 2549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!