Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus xaqidagi 10 ta savolga Qur’oni karimdan 10 javob

Koronavirus xaqidagi 10 ta savolga Qur’oni karimdan 10 javob

❓Savol: Bu virus bizning yurtda qachongacha davom etadi?
✅Javob: "Sanoqli kunlar" (Baqara surasi, 184-oyat).

❓Savol:  Alxamdulillax, ushbu kasallikka chalinganlar uncha ko‘p emas. Vafot etayotganlar xam kasallikka chalinganlarga nisbatan solishtirilsa, ozchilikni tashkil qilmoqda.
✅Javob: "Endi Allox sizlarning (yukingizni) yengil qildi, sizlarda ojizlik borligini bildi" (Anfol surasi, 66-oyat).

❓Savol: Ushbu kasallikdan saqlanishning yo‘li sanitariya- gigiyena qoidalariga rioya qilishda ekan. Biz buni qanday amalga oshiramiz?
✅Javob: "Yuzlaringizni hamda qo‘laringizni yuvingiz" (Moida surasi, 6-oyat).

❓Savol: Kiyimlarimiz orqali ham ushbu kasallik yuqishi mumkin ekan. Bundan saqlanishning yechimi qanday?
✅Javob: "Liboslaringizni pok tuting!" (Muddassir surasi, 4-oyat).

❓Savol: Zarurat bo‘lmasa ham ko‘chaga chiqish joizmi?
✅Javob: "Va o‘zingizni xalokatga tashlamang!" (Baqara surasi, 195-oyat).

❓Nima uchun ba’zi kishilar ushbu kasallik borasida tibbiy tavsiyalarga rioya qilishmayapti?
✅Javob: "Bunga sabab, ular anglamaydigan qavm ekanlaridir" (Xashr surasi, 13-oyat).

❓Savol: Uyda o‘tirish (karantin) tadbirkorlar va yirik korxonalarga katta iqtisodiy zarar ko‘rishlariga sabab bo‘lmoqda?
✅Javob: "Agar sizlar kambag‘allikdan qo‘rqsangizlar, (bilingizki), yaqinda Allox xoxlasa, o‘z fazlu karami ila sizlarni boy-badavlat qilajak. Albatta, Allox bilim va hikmat Sohibidir" (Tavba surasi, 28-oyat).

❓Ayrim shaxslardan tashkil topgan guruxlar odamlar orasida qo‘rquv paydo qilish, vahima tarqatish maqsadida yolg‘on (internet tilida “feyk”) xabarlarni tarqatishmoqda. Ularni bu qilmishlari uchun qanday ataymiz?
✅Javob: "Qasamki, agar munofiqlar, dillarida maraz bo‘lgan kimsalar va Madinada mish-mish tarqatib yuruvchilar (o‘z qilmishlaridan) to‘xtamasalar, albatta Biz sizni ularga qarshi oyoqlantirarmiz, so‘ngra ular (Madinada) siz bilan birga tura olmay qolurlar" (Axzob surasi, 60-oyat).

❓Ba’zilarning fikricha, koronavirus infeksiyasi dushman tomonidan laboratoriyalarda ishlab chiqilgan va atayin tarqatilmoqda ekan. Bu narsa ularning xiyla va nayranglaridan bo‘lib, bu orqali biz musulmonlarga zarba berishni maqsad qilishgan ekan?
✅Javob: "Agar sabr-toqat qilsangizlar va Alloxdan qo‘rqsangizlar, ularning nayranglari sizlarga xech qanday zarar qila olmaydi. Albatta, Allox ularning qilayotgan amallarini ixota qilguvchidir" (Oli Imron surasi, 120-oyat).

❓Nixoyat, ushbu mashaqqat va muammolardan kim bizni olib chiqadi?
✅Javob: "Ayting: "Sizlarga u (balo)lardan xam, barcha g‘amlardan xam Alloxning o‘zi najot berur" (An’om surasi, 64-oyat).

Izox: Qur’oni karim - bu Alloxning O‘z qullariga ko‘rsatgan cheksiz Raxmati bo‘lib, u iloxiy bir mujdadir. Bu Kitobni o‘qigan sari yangi-yangi ma’nolar ochilaveradi va qiyomatga qadar butun insoniyat xayot yo‘lini yorituvchi mayoq sanaladi.
Qur’oni karim xayot yo‘lida uchrashi mumkin bo‘lgan xar qanday muammo va to‘siqlarni xal qiluvchi kalit bo‘lishi mumkin, xolos.
Zarracha shubxa yo‘qki, Allox tomonidan nozil qilingan va 114 suradan iborat bo‘lgan Qur’oni karim ko‘p qirrali bo‘lib, o‘zida cheksiz va buyuk xikmat saqlagan iloxiy kitobdir.

©Arabic.uz

Kiritildi: 17:38 24.03.2020. O'qildi: 6930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!