Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus! Surxondaryoda 1000 dan ortiq shifokorga pul berilmaganligi aniqlandi

Koronavirus! Surxondaryoda 1000 dan ortiq shifokorga pul berilmaganligi aniqlandi

Bosh prokuratura tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish  holatlari  Surxondaryo  viloyati  misolida  o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatda jami 2868 nafar shaxslar karantinga olingan, 44 nafar shaxsda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 43 nafari tuzalgan va 1 nafar shaxs vafot etgan.

Karantin tadbirlariga 235 nafar shifokor, 459 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari, 155 ta kichik tibbiyot xodimlari hamda 139 ta boshqa xodimlar jalb etilgan.   

Bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, tadbirga jalb etilganlarga rag‘batlantirish mablag‘lari o‘z vaqtida berilmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son Farmoniga asosan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilib, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan tasdiqlangan vaqtinchalik Nizomga ko‘ra kunlik qo‘shimcha to‘lovlar har 5 kunda to‘lanishi  belgilangan.

O‘rganishlar – viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman tibbiyot birlashmalari hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi rahbarlari tomonidan tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish haqidagi buyurtmalarni moliya organlariga o‘z vaqtida berilmaganligi sababli, rag‘batlantirish mablag‘lari to‘lanmaganligini ko‘rsatdi.

O‘rganish davomida:

– 01.05.2020 yil holatiga 1473 nafar xodimga 2,5 mlrd. so‘mlik rag‘batlantirish mablag‘lari to‘lab berilmaganligi;

– 01-15.05.2020 yil holatiga 1 264 nafar xodimga 1,6 mlrd. so‘mlik  rag‘batlantirish mablag‘ini moliyalashtirish va to‘lab berish masalasi ko‘rib chiqilmaganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “Koronavirus infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilgan tibbiyot va sanitariya-epidimiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–4652-son qaroriga muvofiq tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi to‘lanishi belgilangan.

O‘rganish davomida:

– 01.05.2020 yil holatiga 32 nafar xodimga 488,5 mln. so‘m maxsus  to‘lov  to‘lab  berilmaganligi;

– 01-15.05.2020 yil holatiga 48 nafar xodimga 1,011 mlrd. so‘m maxsus to‘lovni moliyalashtirish va to‘lab berish masalasi ko‘rib chiqilmaganligi  aniqlandi.

Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan o‘z vaqtida to‘lanmagan 5,6 mlrd.  so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari to‘lab  berilishi  ta’minlandi va ortiqcha hisoblangan 302,1 mln. so‘m iqtisod qilib, byudjet mablag‘i  o‘zlashtirilishi oldi olinishiga erishildi.

Kiritildi: 17:24 04.06.2020. O'qildi: 3169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!