Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus pandemiyasi ortidan global oziq-ovqat inqirozi boshlanadi(mi?)

A A A
Koronavirus  pandemiyasi  ortidan global  oziq-ovqat inqirozi boshlanadi(mi?)

BMT Oziq-ovqat dasturi prognoziga  ko‘ra, koronavirus  pandemiyasi ortidan global oziq-ovqat inqirozi kutilmoqda. Dastur mutaxassislarining fikricha, 2020 yilda 265 million kishi ochlikdan aziyat chekadi - bu o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘p degani.

Sohadagi  boshqa    ekspertlar   esa  jahonda  oziq-ovqat  bilan  bog‘liq vaziyat  inqirozdan uzoqda, deb  hisoblamoqda:

Aslida, so‘nggi o‘n yillikda global oziq-ovqat inqirozi xavfi mavzusi bir necha bor ko‘tarilgan. Dastlab, ekspertlar aholi soni haddan tashqari tez o‘sishi oziq-ovqat  yetishmovchiligiga sabab  bo‘lishidan ogohlantirdilar, buning ortidan esa oziq-ovqat ishlab chiqarish  oqsashi kutildi.  Keyinchalik, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ehtimoliy  muammolar qo‘shildi. Xususan,  yaqinda BMT  2050 yilga borib  iqlim o‘zgarishi sababli  hosildorlik sezilarli darajada pasayishini bashorat qildi.

Umuman olganda, global qishloq xo‘jaligida  ishlab chiqarish barqaror bo‘lib  turibdi. So‘nggi 10 yil ichida go‘sht ishlab chiqarish hajmi  10 foizga   oshgan. Xuddi  shuningdek,  donli  mahsulotlar  yetishtirish  hajmi   ham yildan-yilga  o‘sib  bormoqda. Muhimi, oziq-ovqat  mahsulotlari narxi  nisbatan  barqaror darajada  saqlanib  turibdi.  Misol uchun,   AQSh birjalarida bugungi  kunda  bug‘doyning narxi  1970 yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan atigi 20 foizga qimmat. Inflyasiya hisobga olinsa, joriy  narxlar o‘tgan  asrdagi ko‘rsatkichlardan ikki baravar pastligi  anglashiladi.

Qolaversa,  koronavirus pandemiyasi  tufayli global   joriy  etilgan  karantin choralari qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani  yo‘q. Xususan,   jahonning hech bir mamlakatida fermerlarning ishlashi va harakatiga jiddiy cheklovlar kiritilmagan. Biroq, meva va rezavorlarni ishlab chiqaruvchilarda ba’zi muammolar paydo bo‘lishi mumkin (ushbu mahsulotlarni yetishtirish va yig‘ish  mashaqqatli va har doim ham mexanizasiyalashtirilmagan). Ko‘pgina mamlakatlarda mazkur  soha ichki va xalqaro miqyosda muhojirlarning mehnatiga bog‘liq bo‘lib, karantin choralari ularga o‘tib bo‘lmaydigan to‘siq qo‘yishi mumkin.

O‘z navbatida,  so‘nggi 10-15 yil ichida asta-sekin, ammo barqaror ravishda global  oziq-ovqat ta’minoti ko‘rsatkichlari  oshmoqda. Masalan,  guruchning global zaxiralari 2005 yilda 90 million tonna bo‘lgan  bo‘lsa,  2020 yil boshida ushbu  ko‘rsatkich 150 million tonnaga chiqdi.

Kiritildi: 15:19 02.06.2020. O'qildi: 2741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!